Jarqoʻrgʻon tumaniga yangi hokim tayinlandi

10:12 27 Mart 2026 Jamiyat
248 0

Bugun, 27-mart kuni Xalq deputatlari Jarqoʻrgʻon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Bu haqida Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Ushbu sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov ishtirok etib, Jarqoʻrgʻon tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Elmurod Avazov egallab turgan lavozimidan ozod etilganini maʼlum qildi.

Viloyat rahbari tomonidan Jarqoʻrgʻon tumani hokimi lavozimiga Saparov Ilhom Ochilovich nomzodi taklif etildi. Mazkur nomzod Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan maʼqullandi.

Maʼlumot uchun, Ilhom Saparov 1975-yilda Termiz tumanida tugʻilgan. 2002-yilda Termiz davlat universitetining bakalavriat, 2011-yilda magistratura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, Xalq taʼlimi hamda Madaniyat boshqarmalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar esa Surxondaryo viloyati hokimining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?