Jamgʻarma mablagʻlari maqsadli sarflanyaptimi?
Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan seminarda oilaviy bolalar uylari faoliyati hamda “Mehr daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarining maqsadli sarflanishi yuzasidan deputatlik nazoratini oʻrnatish masalalari muhokama qilindi.
Maqsad mahalliy Kengashlar deputatlarining oilaviy bolalar uylari faoliyatida hamda “Mehr daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarining maqsadli sarflanishida faol deputatlik nazoratini olib borish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlashda xalq vakillarining tutgan oʻrnini oshirishdan iborat.
Senatorlar, mahalliy Kengashlar deputatlari, manfaatdor vazirlik hamda idoralar masʼullari, Yoshlar parlamenti aʼzolari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashgan tadbirda taʼkidlanganidek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yetim hamda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar har tomonlama qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Jumladan, olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida 26 ta mehribonlik hamda bolalar uylarining faoliyati tugatildi, shundan 14 tasi Mehribonlik uyi, 4 tasi bolalar shaharchasi va 5 tasi bolalar uyi hisoblanadi.
Taʼkidlash joizki, bugungi kunda 2 ta Mehribonlik uyida 255 nafar, 3 ta “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari”da 164 nafar, 8 ta bolalar (goʻdaklar) uyida 340 nafar, 137 ta oilaviy bolalar uyida 739 nafar oʻgʻil-qizlar tarbiyalanmoqda.
Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning muammolarini oʻrganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish maqsadida “Mehr daftari” tizimi amaliyotga joriy etildi. Mazkur platforma ishga tushirilib, bugungi kunda unga 8 ming 921 nafar (4610 nafar oʻgʻil va 4311 nafar qiz) bola kiritilgan, 4 ming 452 nafar bolaning muammolari oʻrganilib, 3 ming 171 nafar bolaning masalasi ijobiy hal etildi. Uy-joyga muhtoj yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan 406 nafar bolaning 388 nafariga uy-joylar berilgan.
Seminar davomida deputatlarga tegishli tavsiyalar berildi. Xususan, “Mehr daftari” jamgʻarmasiga tegishli mablagʻlarning oʻz vaqtida tushirilishini nazorat qilib borish va bu boradagi muammoli masalalarni mahalliy Kengashlar muhokamasiga olib chiqish, oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotganlar holidan xabar olish, talab va istaklarini eshitish, ularni uy-joy bilan taʼminlashda shaffoflikni taʼminlash boʻyicha tavsiyalar ilgari surildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring