Jayron otib, 100,3 mln. soʻm zarar yetkazdi
Illyustrativ foto
2019-yil 3-avgust kuni Taxtakoʻpir tumani “Qoʻngʻiratkoʻl” ovul fuqarolar yigʻini hududida, Taxtakoʻpir tumanida yashovchi fuqaro X.Q oʻzining “IJ-58” rusumli 12 kalibrli 2 stvolli ov miltigʻi bilan fuqarolar D.M, A.J va M.T bilan birga “Uaz-469” rusumli avtomashinada yoritqich uskunalar bilan foydalangan holda, noqonuniy ravishda Oʻzbekiston Respublikasining “Qizil kitobiga” kiritilgan sut emizuvchilar turiga mansub boʻlgan 3 dona jayronlarni ovlab, otib oʻldirgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Natijada mazkur shaxslar “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida “Ov va baliq ovlash qoidalari” talablarini buzib, Oʻzbekiston Respublikasi hayvonot dunyosiga jami 100,3 mln. soʻm zarar yetkazishgan.
Mazkur holat boʻyicha Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring