Zargarlar faoliyatiga imkoniyatlar kengaydi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2021-yil 7-aprel kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida deputatlar “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ikkinchi oʻqishda atroflicha koʻrib chiqdilar.
Qayd etilganidek, qonun loyihasi bilan qimmatbaho metallarning erkin muomalasi yoʻlga qoʻyilmoqda. Bu esa, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Tadbirkorlik subyektlari qimmatbaho metallarni bevosita ishlab chiquvchilarning oʻzidan yoki birjadan sotib olish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Bundan tashqari, qonun loyihasiga qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarga boʻlgan egalik huquqini nazarda tutuvchi normalar kiritilmoqda.
Natijada tadbirkorlik subyekti yoki jismoniy shaxslar endilikda qimmatbaho metallarga egalik qilish, oʻrnatilgan tartibda ularni erkin tasarruf etish imkonini oladilar.
Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi tadbirkorlik subyektlarining zargarlik sanoati sohasidagi faoliyatini jonlantirishga, ularning huquqlarini ishonchli himoya qilishga, qimmatbaho metallar noqonuniy aylanmasining oldini olishga va pirovard natijada yangi ish oʻrinlarini yaratishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi xalq vakillari tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring