Yosh muhandislar Rossiyada qishki taʼlim dasturida ishtirok etdi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Kuzning oxirida Sankt-Peterburg, Pskov va Velikiy Novgorodda “Qishki universitet 2024”loyihasi boshlangandi. Unda ishtirok etish uchun xorijiy davlatlar, jumladan, Oʻzbekistondan muhandislik fakulteti talabalari ham taklif etildi.
Muhandislik salohiyatini rivojlantirish, talabalar va professor-oʻqituvchilar oʻrtasida tajriba almashishga qaratilgan ushbu loyiha Rossiyaning uchta yetakchi oliygohi: Pskov davlat universiteti, Sankt-Peterburg politexnika universiteti va Novgorod davlat universitetida boʻlib oʻtdi. Unda 14 davlatdan 700ga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT) talabalari Rossiya universitetlarining muhandislik taʼlimiga innovatsion yondashuvining guvohi boʻlishdi.
“Qishki universitet” loyiha qoidalariga muvofiq, barcha ishtirokchi-talabalardan 20-30 kishilik sakkizta kichik guruhga boʻlinib, jami 25 jamoa shakllantirildi. Ular elektromashinasozlik, robototexnika, elektr texnologiyalari, texnik qurilmalar va uskunalarning diagnostika tizimlari kabi sohalar boʻyicha oʻz loyihalari ustida ishladi.
Ikki haftalik dasturi amaliy mashgʻulotlar, mahorat darslari va loyihalar ishlab chiqishni oʻz ichiga oldi. Talabalar yongʻinga qarshi uchuvchisiz dronlar, robotlashtirilgan tozalash tizimlari, shahar muhitini yaxshilashga qaratilgan ekologik yechimlar kabi zamonaviy texnologiyalarni yaratish bilan shugʻullandi. Ushbu loyihalar global muammolarga haqiqiy yechim topishga qaratilgan boʻlib, talabalar uchun bilim va malakalarini amaliyotda qoʻllashda ilhomlantiruvchi tajriba boʻldi.
— Talabalarimizning bunday yirik loyihalarda ishtirok etishi bilim va koʻnikmalarini yuzaga chiqarishda imkoniyat yaratdi, — deydi SIUT ijodiy muhandislik markazi rahbari Ulugʻbek Amonov. — Ushbu loyiha muhandislik fanlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga katta hissa qoʻshadi. Loyiha taʼlim bilan cheklanib qolmay, boshqa davlatlardan kelgan ishtirokchilar bilan madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash imkonini ham berdi.
“Qishki universitet” yoshlarni taʼlim va ilm-fan orqali birlashtiruvchi loyiha sifatida oʻziga xos ahamiyatga ega. Talabalarni ushbu loyihada ishtirok etishi SIUTning xalqaro innovatsiyalar va barqaror rivojlanishga yoʻnaltirilgan taʼlim markazi sifatidagi nufuzini yuksaltiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring