Yashirincha olib kelinayotgan dron fosh boʻldi

10:45 03 Mart 2020 Jamiyat
779 0

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan mamlakatimizga kirib kelgan fuqaroning qoʻl yuklari oʻrnatilgan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi. Bu haqda DBQ xabar berdi.

Tekshiruv natijasida fuqaro N.E. qoʻl yuklari orasida bojxona xodimining ogʻzaki soʻrovida maʼlum qilmasdan va deklaratsiyalamasdan uchuvchisiz uchish apparatini yurtimizga olib kirishga uringanligi fosh etildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?