Yanvar oyida Oʻzbekiston qancha oltin sotdi?
2019 yil yanvar oyi yakunlariga koʻra, respublikada tashqi savdo aylanmasi 3 351 428,8 ming AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 26,8 % ga oʻsdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.
Shu jumladan, eksport hajmi 1 675 729,9 ming AQSH dollarga (oʻsish surʼati 16,6 %) va import hajmi 1 675 698,9 ming AQSH dollariga (oʻsish surʼati 38,9 %) yetdi. Tashqi savdo saldosi 31,0 ming AQSH dollarini tashkil qildi.
Xususan, 812 mln. AQSH dollariga oltin eksport qilindi. Oʻtgan yil yanvar oyida esa eksport hajmi 1,4 mlrd. dollarni tashkil etib, bunda oltinning ulushi 846 mln. dollar boʻlgan edi.
Eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Bu esa umumiy eksport hajmining 31,8 foizini tashkil qiladi. Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinayotgan tovarlar tarkibiga nazar tashlasak, asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari guruhlaridan iborat ekanligini koʻrishimiz mumkin.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston 2018 yilda 2,9 mlrd. dollarga oltin sotgandi. U eksportning asosiy mahsuloti boʻlib qolyapti. Masalan, oʻtgan yilda 1,1 mlrd. dollarga qora va rangli metall, 1,6 mlrd. dollarga toʻqimachilik mahsulotlari, 1 mlrd. dollarga oziq-ovqat tovarlari eksportga chiqarilgan.
2018 yil kuzida mamlakatimiz oltin ekcportini toʻxtatishi natijasida oltin zaxiralarini koʻpaytirib olishga erishdi.
Yil boshidan esa yurtimizda qazib olinayotgan va sotilayotgan oltin haqidagi maʼlumotlardan mahfiylik maqomi olib tashlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring