Yangiyerda yangi loyihalarga start berildi
Yangiyer shahrida bir qator yirik investitsion loyihalarni amalga oshirish boshlandi.
Jumladan, ““SAXOVAT GRAIN” “ MCHJga tegishli un mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasining qiymati 8 million AQSH dollarini, yillik ishlab chiqarish quvvati esa 60 ming tonnani tashkil qiladi. Ushbu korxona mahalliy bozorni sifatli mahsulot bilan taʼminlash bilan birga eksport imkoniyatlarini ham kengaytiradi.
“Ice Eco Fresh” MCHJning qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini muzlatish usulida qayta ishlash loyihasi amalga oshgach qayta ishlangan mahsulotlarni 100 foiz eksport qilish rejalashtirilgan. “ Wande Petroleum Technology “ MCHJ tomonidan esa neft mahsulotlari uchun kimyoviy vositalar ishlab chiqarish loyihasi yoʻlga qoʻyilmoqda.
Qolaversa, qurilish materiallari sohasida ham yangi tashabbus amalga oshirilyapti. Shuningdek, yangi loyihalar qatorida avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish hamda logistika markazini tashkil etish ham bor.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring