Yangi maktab, yangi bino, mukammal sharoit
Kosonsoy tumanidagi Uchqoʻrgʻon mahallasi bolajonlari uchun bu galgi “Bilimlar kuni” qoʻshaloq tantanaga aylandi. Gap shundaki, bu yerda yaqinda ish boshlagan 55-umumtaʼlim maktabi uchun zamonaviy oʻquv binosi ham foydalanishga topshirildi.
330 oʻringa moʻljallangan uch qavatli inshoot 18 ta sinf xonasi, kutubxona, faollar zali, laboratoriya, faollar hamda yozgi va qishki sport zallaridan iborat boʻlib, taʼlimni yuksak talablar darajasida tashkil etishning barcha sharoitlar yaratilgan. Yoshlarga taqdim etilgan soʻnggi rusumdagi kompyuter jamlanmalari ularning axborot texnologiyalari boʻyicha bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

— Farzandlarimiz yaqin vaqtgacha mahalladan ikki chaqirim olisdagi maktabga qatnab, tahsil olib kelishayotgandi, — deydi muassasa direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Ergashali Zoirov. — Oʻzimiz uchun alohida maktab tashkil etilib, Davlat dasturi asosida 3,4 milliard soʻmlik qiymatdagi bino barpo etilishi bilan uzoq yillik muammo yechim topdi. Bugun oʻtkazilgan “Birinchi qoʻngʻiroq” marosimida yangi binoning ramziy kaliti ham tantanali ravishda topshirildi. Bu yerga toʻplangan oʻquvchilar, ular ota-onalarining quvonchi cheksiz. Ayniqsa, Prezident sovgʻalarini qabul qilib, birinchi bor maktab partasiga oʻtirgan 36 nafar oʻgʻil-qizning shodlanganini ayting.
Maʼlumot uchun, “Birinchi qoʻngʻiroq” tantanalari Namangan viloyatidagi mavjud 716 ta umumtaʼlim maktabining barchasida koʻtarinki ruhda tashkil etilib, oʻquvchilar yangi oʻquv yilini katta ishtiyoq bilan boshladi. Ularning maʼlum qismi joriy yilda binolari mukammal taʼmir va rekonstruksiyadan chiqarilgan 33 ta oʻquv dargohida tahsil oladi.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring