Yangi yil arafasida yangi bogʻcha ochildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Oqdaryo tumanining Goʻzalkent mahallasidagi 9-maktabgacha taʼlim tashkilotining zamonaviy qiyofada qurilgan yangi binosi foydalanishga topshirildi.
90 oʻringa moʻljallangan mazkur obyekt mahallada istiqomat qiluvchi aholi, ayniqsa bolajonlar uchun yangi yil bayramiga ajoyib sovgʻa boʻldi.

Mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotining eski binosi past quvvatda boʻlib, bu yerdagi sharoit ham qoniqarsiz edi. Investitsiya dasturi asosida 4,2 milliard soʻm mablagʻ evaziga yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan ushbu binoda bolajonlar uchun ham tarbiyachilar uchun ham barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Binoning ochilish marosimida ishtirok etgan tuman hokimligi, nuroniylar va mahalla faollari ushbu quvonchli kun bilan barchani qutlab, yurtimizda yoshlar taʼlim-tarbiyasiga qaratilayotgan eʼtibor haqida soʻz yuritdi.
Shundan soʻng jamoatchilik vakillari binoda bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, Oqdaryo tumanida 205 ta MTT mavjud boʻlib, shundan 30 tasi davlat, 164 tasi oilaviy va 11 tasi davlat xususiy sheriklik asosidagi bogʻchalardir. Tumanda 3-7 yoshdagi bolalar soni 14656 nafarni tashkil qiladi. Shundan 12271 nafari MTTlarga qamrab olingan. Qamrov darajasi esa 83,7 foizni tashkil qilmoqda.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring