Yangi bino yangi imkoniyatlar eshigini ochdi

16:00 25 Oktyabr 2021 Jamiyat
548 0

Foto: Халқ сўзи

Andijon viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida 4 qavatdan iborat yangi binoning qurib, foydalanishga topshirilishi natijasida yurakdagi murakkab jarrohlik amaliyotlari, plastik jarrohlik muolajalarini shu yerning oʻzida amalga oshirish imkoniyati yuzaga keldi.

– Mazkur tibbiyot markazi bir vaqtning oʻzida 540 nafar davolanuvchiga xizmat koʻrsatadi,-deydi Andijon viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Mufazzalsho Muhammadiyev. – Markazga tajribali shifokorlarni jalb etish, jahon talablariga mos keluvchi texnik vositalarning olib kelinishi natijasida bemorlar uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?