“Volvo”lardagi nayranglar fosh boʻldi
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi tasarrufidagi “Sirdaryo” chegara bojxona postiga qoʻshni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro H.N. boshqaruvida boʻlgan “Volvo” rusumli yuk avtomashinasi belgilangan tarzda xolislar ishtirokida nazoratdan oʻtkazildi.
Natijada, avtomashinaning qoʻshimcha yukxonasida deklaratsiyada koʻrsatilmagan va bojxona xodimlarining ogʻzaki soʻrovida maʼlum qilingaman 8,3 million soʻmlik kiyim-kechaklar yashirilganligi aniqlandi. Bu haqda DBQ xabar berdi.
Yana bir holatda mazkur post bojxonachilari eʼtiborini qoʻshni mamlakatdan kirib kelgan “Volvo FH 4XT” rusumli yuk avtomashinasi tortdi va fuqaro Z.A. boshqaruvidagi mazkur avtomashina belgilangan tartibda nazoratdan oʻtkazildi.
Tekshiruv jarayonida avtomashinada tegishli hujjatlari boʻlmagan 23,6 million soʻmlik tovar moddiy boyliklari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring