“O‘zavtosanoat” AJ rahbari o‘zgardi
“O‘zavtosanoat” kompaniyasi boshqaruvi raisi Umidjon Salimov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturi orqali xabar berildi.
Qayd qilinishicha, bu haqdagi qaror 26 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligi ostida avtomobil sanoatida joriy yil uchun belgilangan ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlarini ta’minlash, tarmoqning rivojlanish istiqbollarini belgilash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda qabul qilindi.
Salimovning ishdan bo‘shatilishga faoliyatidagi kamchiliklar va sohadagi qoniqarsiz holat sabab bo‘lgan.
“O‘zavtosanoat”ga avval Bosh prokuratura tizimida faoliyat ko‘rsatgan Shavkat Umurzoqov rahbar etib tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring