AQSHning O‘zbekistondagi elchisi missiyasini yakunlamoqda, elchilikka yangi nomzod ma’lum
AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda. Bu haqda diplomat 29 iyun kuni AQSH mustaqilligining 242 yilligiga bag‘ishlangan qabul marosimida ma’lum qildi. Mazkur kechada O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi.
Pamela Spratlen o‘z nutqida: “Men uch yil avval kelgan mamlakatdan bugun ancha farq qiladigan O‘zbekistonda turib sizga murojaat qilmoqdaman. Shu asnoda bu on men uchun ham quvonchli, ham ma’yus ondir. Chunki ko‘pchiligingizga ma’lum bo‘lgani kabi, ajoyib tarzda o‘tgan uch yarim yildan keyin bu tadbir AQSHning O‘zbekistondagi elchisi sifatida men ishtirok etadigan ehtimol oxirgi rasmiy tadbirlarning biridir”, — dedi.
Gazeta.uz nashri bergan xabarga ko‘ra, Qo‘shma shtatlari prezidenti Donald Tramp AQSHning Toshkentdagi elchisi lavozimiga 2014 yildan buyon AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Daniyel Rozenblyum nomzodini ilgari surdi. Nomzod AQSH Senati tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring