Ulug‘ olimni xotirlab
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Bugun O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov tavalludining 95-yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonidagi adabiyotshunos olim haykali poyida “Adabiyot yashasa – millat yashar” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, adiblar, keng jamoatchilik, harbiylar va Ozod Sharafiddinovning oila aʼzolari ishtirokidagi tadbir olim haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bilan boshlandi.

Tadbirni adibning o‘g‘li Alisher Sharafiddinov ochib berdi. Shundan so‘ng, Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja davom ettirdi.
So‘zga chiqqanlar Ozod Sharafiddinov o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligida milliy va jahon adabiyoti anʼanalarini uyg‘un qabul qilish tamoyillarini boshlab bergani, milliy adabiyotni shakllantirish muammolari, o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligini qayta qurish, jahon adabiyoti anʼanalarini o‘zlashtirish hamda tarjima sanʼatini yuksaltirish masalalarini tadqiq etganini taʼkidladi.






Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring