“Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi
Karmana tumani “Nuroniy” jamgʻarmasi va Madaniyat boʻlimi tomonidan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri oʻtkazildi. Uchrashuvda Madaniyat sohasida faoliyat yuritib kelgan keksa avlod vakillari faxriylar, soha xodimlari hamda yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda keksa avlod vakillarining boy tajribasi va bilimidan samarali foydalanish tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad sifatida eʼtirof etildi.

Tadbirda viloyat “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi Sh. Nabiyev tadbirda qatnashib, ishtirokchilarni qutladi.
Shuningdek, tumandagi Musiqa va sanʼat maktabi binosida “Qoʻsha qarish saodati”nomli madaniy-maʼrifiy tadbiri ham oʻtkazildi.

Unda keksa avlod vakillari faxriylar, soha xodimlari hamda yoshlar va 45-50-yil birga umrguzaronlik qilgan ibratli oilalardan V. Xudoyberdiyev, Sh. Zaynitdinov va E. Ergashevlar oilalari ishtirok etdi. Ushbu oilalar aʼzolari tadbir ishtirokchilariga oʻz hayot yoʻllari toʻgʻrisida gapirib berdilar.

Tadbirda tuman “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi Oʻ. Rajabov soʻzga chiqib, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda keksa avlod vakillarining boy tajribasi va bilimidan samarali foydalanish tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad ekanini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring