Toshkentda transport universiteti tashkil etiladi

19:28 01 Mart 2020 Jamiyat
4722 0

Foto: www.google.com

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portal regulation.gov.uz portaliga “Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Qaror loyihasiga koʻra, Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti va Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti negizida Toshkent transport universiteti tashkil etiladi.

Universitet Toshkent shahar Adilxodjayev koʻchasi 1-uyda joylashtiriladi.

Universitet rektorining birinchi oʻrinbosari yuqori malakali xorijiy mutaxassis boʻladi.

Universitet faoliyati quyidagi manbalardan imzolanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari;

oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar;

xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushgan tushumlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik va xayriya mablagʻlari;

xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?