Toshkentda “Spark” metroga tushib ketdi

03:53 27 Fevral 2022 Jamiyat
1297 0

Foto: Халқ сўзи

Taʼkidlanishicha, 26-fevral soat 23:20 lar atrofida, Toshkent metropolitenining “Shahriston” metro bekatidagi chorrahaga yaqin qismida “Spark” avtomashinasini boshqarib kelayotgan fuqaro boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida, metroning kirish qismiga tushib ketgan. Qayd etilishicha, voqea joyiga tibbiyot xodimlari yetib kelgan va jabrlanuvchilar tibbiyot muassasasiga olib ketilgan.

“Holat yuzasidan batafsil maʼlumotni dastlabki surushtiruv ishlari yakuniga yetgach maʼlum qilamiz”, — deyiladi xabarda

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?