Toshkentda koʻp qavatli uy xonadonida yongʻin yuz berdi

18:27 16 Mart 2026 Jamiyat
337 0

Videodan kadr

Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan koʻp qavatli uy xonadonlaridan birida yongʻin yuz berdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, shahar FVBBga bugun, 16-mart kuni soat 16:30 da Mirzo Ulugʻbek tumani “Lashkarbegi” MFY, Hamid Olimjon koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uy xonadonlaridan birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar tushgan.

Shunga koʻra, qutqaruv ekipajlari soat 16:38 da hodisa joyiga yetib borib, 16:52 da yongʻinni qurshab olgan va soat 16:59 da toʻliq oʻchirgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер