Toshkentda gilam doʻkoni yonib ketdi

11:11 26 Aprel 2025 Jamiyat
280 0

Kollaj: videodan kadr

Toshkent viloyati Zangiota tumani “Olim polvon” mahallasi Kamoliddin Behzod koʻchasida joylashgan gilam doʻkonida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 26-aprel kuni soat 09:32 da Toshkent viloyati Zangiota tuman “Olim polvon” MFY Kamoliddin Behzod koʻchasida joylashgan gilam doʻkonida yongʻin sodir boʻlganligi haqida FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 09:43 da voqea joyiga yetib borib, yongʻinni bartaraf qilish ishlariga kirishgan.

FVV axborot xizmatining maʼlum qilishicha, roʻy bergan yongʻin joyiga barcha kerakli kuch-vositalari jalb etilgan. Vazirlik rahbariyati yongʻin joyiga yetib borgan. Ayni vaqtda tan-jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan.

Koʻrilgan tezkor choralar natijasida, soat 10:09 da alanga qurshab olinib, 10:38 toʻliq oʻchirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?