Toshkent metrosi TTZgacha olib boriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlatimiz rahbariga Toshkent metropolitenini rivojlantirish bo‘yicha rejadagi loyihalar yuzasidan axborot berildi.
Poytaxtimiz jamoat transportida metropolitenning o‘rni juda katta. Yo‘lovchilarga qulayliklarni oshirish maqsadida yangi yo‘nalishlar qurilmoqda. Yunusobod yo‘li Turkiston bekatigacha, Chilonzor yo‘li Sergeli tumanigacha uzaytirildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Toshkentda yerusti metrosi ham paydo bo‘ldi – Do‘stlik bekatidan Sergeligacha bo‘lgan yerusti halqasi barpo etildi. Bu yangi yo‘nalishlar poytaxtimizning Yunusobod, Yashnobod, Mirobod, Sergeli va Yangihayot tumanlarini bog‘lab, aholining kundalik qatnoviga katta qulaylik yaratdi.
Endi metropolitenni Toshkent traktor zavodi dahasigacha olib borish rejalashtirilgan. Bu bo‘yicha o‘tgan avvalgi muhokamalarda Prezidentimiz loyihani mablag‘ va qulaylik jihatidan maqbullashtirish vazifasini qo‘ygan edi. Shu asosida tayyorlangan yangi taklifga ko‘ra, loyihani 2 bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda. Birinchi bosqichda Chilonzor yo‘lining Pushkin bekatidan Mirzo Ulug‘bek tumanining Feruza dahasigacha mavjud temir yo‘lga parallel ravishda yer yuzasi bo‘ylab metro yo‘li quriladi. Ikkinchi bosqichda u yerdan Toshkent traktor zavodi dahasi shoh bekatigacha yo‘nalish barpo etiladi.
Hozirgi kunda shu tomondan poytaxtimiz markaziga bir kunda 47 mingta avtotransport, jami 194 mingta yo‘lovchi kirib kelishi kuzatilmoqda. Rejalashtirilgan yangi yo‘nalish 85 ming yo‘lovchini qamrab olishi kutilmoqda.
Taqdimotda loyihaning texnik va amaliy jihatlari batafsil ko‘rib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring