Termizda zamonaviy dzyudo zali foydalanishga topshirildi
Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahridagi 9-umumtaʼlim maktabi hududida zamonaviy, barcha talablarga javob beruvchi dzyudo zali yoshlar ixtiyoriga topshirildi.
Ushbu dzyudo zalining tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi oʻrinbosari Ilhom Safarov, Termiz shahar hokimi oʻrinbosari Kamol Ashurov, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Suluv Hamidova, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisi oʻrinbosari Bekzod Toʻraboyev hamda milliy terma jamoa dzyudochilari hozir boʻlishdi.
Soʻzga chiqqanlar qisqa fursatda bunyod etilgan ushbu dzyudo zali mahalliy yoshlar hamda maktab oʻquvchilari uchun chinakam sovgʻa boʻlgani, kelajakda ushbu sport maskanidan Olimpiada va jahon chempionlari yetishib chiqishi, eng muhimi, ushbu zal dzyudo bilan shugʻullanadigan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi, salomatliklarini yanada mustahkamlashi uchun xizmat qilishini alohida taʼkidlashdi.
Jajji bolajonlarning qoʻshiq kuylab raqs tushishlari, yosh dzyudochilarning koʻrgazmali chiqishlari tantanali ochilish marosimida yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring