Termizda etno shaharcha barpo etilmoqda

12:10 21 Oktyabr 2024 Jamiyat
196 0

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Surxondaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan Termiz shahrida etno shaharcha turizm loyihasi amalga oshirilmoqda. Bundan koʻzlangan maqsad hududda turizmni rivojlantirish, sayyohlar oqimini koʻpaytirish hamda aholining madaniy hordiq olishi uchun sharoit yaratishga qaratilgan.

Etno shaharchada barpo etilayotgan bino va inshootlar Termizning qadimiy arxitektura yodgorliklarini oʻzida aks ettirayotgani bilan ham ahamiyatlidir.

Hududga tutash “Bolajon” istirohat bogʻidagi obodonlashtirish ishlari orqali esa, aholi va shahar mehmonlari dam olishi, bolalar uchun qulay muhit yaratiladi.

Bu kabi loyihalar nafaqat shahar infratuzilmasini yaxshilashga, balki sayyohlar oqimini koʻpaytirishga ham xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?