“Tashkent City” bogʻi sotiladi
“Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–168-son, 18.03.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2022-yil 1-apreldan mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan boʻsh turgan davlat obyekti yoki yerlar aniqlanib:
— 2 000 kvadrat metrgacha obyektlar – hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksionga chiqariladi;
— qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar – “Yerelektron” tizimi orqali yuborilgan onlayn-buyurtmanoma 3 kunda tegishli idoralar tomonidan koʻrib chiqiladi va ijobiy xulosa boʻlganda, 2 haftada onlayn-auksionga chiqariladi;
Vazirlik va idoralar, hokimliklarning, 3 oydan koʻp foydalanilmasdan boʻsh turgan obyektlar ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqariladi.
— 2023-yil 1-aprelgaga “Universal Mobile Systems” MCHJni xususiylashtirish choralari koʻriladi.
“Oʻzdonmahsulot” AKning 25 ta don korxonasi 2022-yil 1-iyulgacha, qolganlari esa joriy yil yakunigacha bosqichma-bosqich savdoga chiqariladi.
2022-yil yakunigacha “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Asakabank” ATBning davlat ulushlari savdoga chiqariladi.
2023-yil 1-iyulgacha AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, AT “Aloqabank”, “Agro bank” ATB, “Oʻzmilliybank” AJlarning aksiyalari fond birjasi orqali ommaviy joylashtiriladi.
Xususiylashtirishda boshlangʻich narxni eʼlon qilmasdan talabgorlarni muzokaralarga ommaviy taklif qilish yoʻli bilan sotish uslubi joriy etiladi.
Qaror bilan ommaviy savdolar orqali sotiladigan 1501 ta koʻchmas mulk obyektlari roʻyxati tasdiqlandi.
Roʻyxatga “Tashkent City” bogʻi ham kiritilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring