Tashabbus — mahalladoshlardan chiqdi
Foto: “Xalq soʻzi”
Fargʻona viloyatining Quvasoy shahridagi “Guliston” MFY binosi taʼmirtalab ahvolda boʻlib, ushbu muammo yillar mobaynida mahalla faollarini qiynab kelar edi. Bu yil gulistonliklar tashabbusi bilan mazkur muammoga barham berildi.
“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida keng koʻlamli qurilish va taʼmirlash ishlari olib borilib, koʻrkam koʻrinishga ega boʻlgan “Guliston” mahalla fuqarolar yigʻini binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
— Ezgu tashabbusni amalga oshirish uchun “Tashabbusli byudjet” jarayonining joriy yilgi birinchi mavsumi doirasida qariyb 800 million soʻm mablagʻ jalb etilib, mahalla binosi zamonaviy koʻrinishga keltirildi, — deydi Quvasoy shahar hokimi oʻrinbosari Alisher Mamajonov. — Tadbirda Quvasoy shahar sektorlari rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etib, oʻtgan qisqa fursatda mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlarni alohida mamnuniyat bilan eʼtirof etishdi.
Aytish joiz, binoda MFY raisi, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, soliqchi va ijtimoiy xizmat xodimi faoliyat yuritishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring