Tadqiqot: Yuqori qon bosimi asoratlarini tabiiy yoʻl bilan kamaytirish mumkin
Gipertoniya — dunyoda nogironlikni keltirib chiqaruvchi asosiy omillardan biri. Xususan, yuqori qon bosimi yurak va buyraklar faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatib, bemorlarda erta oʻlim xavfini oshirishi mumkin.
AQSHning Texas universiteti olimlari ana shu asoratlarni tabiiy yoʻl bilan kamaytirish boʻyicha izlanishlar olib bordi. Tadqiqot besh yil davom etdi.
Kuzatuvlar uchun gipertoniya va mikroalbuminuriya (peshobda oqsil moddasi va qon plazmasida keratinin konsentratsiyasining qisman oshishi)dan aziyat chekuvchi 153 nafar koʻngilli jalb qilindi.
Ishtirokchilar uch guruhga boʻlindi. Birinchi toifa vakillari kuniga ikki-toʻrt stakandan ishqorli moddalarga boy meva-sabzavotlar sharbatlarini isteʼmol qilib bordi.
Ikkinchi guruh qatnashchilari har kuni toʻrt-besh tabletkadan ozuqa sodasi (natriy bikarbonat) qabul qildi. Uchinchi guruh ishtirokchilari shifokorlar tavsiyaga koʻra, standart ovqatlanish ratsioni boʻyicha taomlanishda davom etdi.
Yakunda koʻp miqdorda meva-sabzavot isteʼmol qilgan bemorlarda buyraklar faoliyati yaxshilanishi kuzatildi.
Qolaversa, tadqiqotchilar bunday ratsion gipertoniya bilan ogʻrigan bemorlarda yurak-qon-tomir va surunkali buyrak kasalliklaridan oʻlim xavfini sezilarli darajada kamaytiradi, degan xulosaga kelishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni Yangi yil bilan qutladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring