Tabiat befarqlikni kechirmaydi
Maishiy chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlab ketish nafaqat atrof-muhit, balki inson sogʻligʻi uchun ham jiddiy xavf tugʻdiradi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga koʻra, bir chelak chiqindi ochiq havoda chirishi yoki yoqilishi natijasida oʻrtacha 3–5 kilogramm uglerod dioksidi, 100–300 gramm metan va turli zararli moddalar havoga ajralib chiqadi. Plastik yoki sintetik chiqindilar taʼsirida nafas yoʻllari hamda yurak-qon tomir tizimi bilan bogʻliq kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
Shuni inobatga olgan holda, Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi inspeksiyasi tomonidan chiqindilarni boshqarish tartibiga rioya etilishini taʼminlash maqsadida shahar va tumanlarda ekologik reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.

— Joriy yilning toʻqqiz oyi mobaynida oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida 1074 nafar fuqaro belgilanmagan joyga chiqindi tashlagani aniqlandi, — deydi boshqarma masʼul xodimi Lochinbek Isomiddinov. — Ushbu holatlar boʻyicha tegishli huquqiy hujjatlar rasmiylashtirilib, javobgarlik choralari koʻrildi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 91-moddasiga asosan mazkur fuqarolarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami 538 million 160 ming 500 soʻm miqdorida jarima jazosi qoʻllanildi. Bu kabi choralar kelgusida aholini ekologik madaniyatga rioya qilishga undaydi.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring