Son Xin Min “Tottenhem”dan ketadi
Foto: Arxiv surat
9 karra Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deya tan olingan Janubiy Koreya terma jamoasi sardori Son Xin Min “Tottenhem”dan ketadi. Bu haqida futbolchining oʻzi Osiyoda oʻtgan turnir yakunlarida tashkil etilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
“Bu futbolchilik faoliyatimda qabul qilgan eng qiyin qarorlardan biri boʻldi, deb oʻylayman. 10 yil davomida bir jamoada futbol oʻynash va shu yerda boʻlish men uchun katta faxr. Men har kuni jamoaga bor kuchimni berdim. Maydonda ham, maydon tashqarisida ham. Oʻtgan mavsum jamoa bilan Yevropa Ligasini yutib, barcha muxlislar orzusini amalga oshirdik, deb oʻylayman.
Bu joy men futbolchi va inson sifatida katta oʻsishga erishgan maskan boʻldi. Shuning uchun doimo qalbimda qoladi. Hammangizga rahmat”, — deb aytgan koreyalik futbolchi.
Maʼlumot uchun, Son Xin Min Londonda oʻtgan 11-yillik faoliyati davomida 454 ta oʻyinda maydonga tushib, 173 ta gol urdi va 101 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Eslatib oʻtamiz, futbolchi 2015-yilning yozida “Tottenhem” klubiga “Bayer” jamoasidan kelib qoʻshilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring