Sirdaryoda advokat pora olgan vaqtida ushlandi
Foto: DXX
Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida 5,5 ming dollar pora talab qilgan advokatga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Advokatlik byurosi advokati bu pulni oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda, tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, hozirda Xovos tumanidagi 8-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan fuqaroni Sirdaryo tuman IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga oʻtkazish hamda keyinchalik jinoyat ishini sudda uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga talab qilgan.
DXX va prokuratura organlari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda advokat 4,5 ming dollar va 6 million soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Taʼkidlanishicha, advokat jinoyat ishiga gumonlanuvchining huquqlarini himoya qilish maqsadida davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish uchun jalb qilingan boʻlgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring