Sherobodda Quva anori yetishtirilmoqda
Sherobod anorining dovrugʻi doston boʻlgani sir emas. Chunki hududda anorchilik juda yaxshi rivojlanmoqda. Davlatimiz rahbarining Surxon vohasiga tashrifida ham ayni shu jihatga eʼtibor qaratilgani bejiz emas. Ayni paytda Sherobod tumanida minglab gektar maydonga Quva anorlari koʻchatlari qadalgan. Ularni parvarish qilish barobarida koʻchatlar tagiga soya, koʻkatlar ekilib, milliardlab daromad qilinayotganining oʻzi soʻzimizni tasdiqlaydi.
Mirishkor sherobodliklarning ushbu tajribasini oʻrgatish va uni viloyatimizning boshqa hududlari, jumladan, Bandixon, Qiziriq hamda Muzrabot tumanlarida ham joriy qilish maqsadida Fermerlar, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari viloyat Kengashi tomonidan master-klass oʻtkazildi.
Mazkur amaliy seminarda vohaning turli burchaklaridan kelgan fermerlar, “Tomorqa xizmati” MCHJ vakillari, dehqonlar bilan birgalikda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, OʼzLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov ham ishtirok etdi. A.Xaitov yigʻilganlar bilan uchrashuv chogʻida anorning pishib yetilishi davrini erta muddatga surilsa va uni chet elga eksport qilinsa, anor yetishtirgan dehqon yaxshigina daromad qilishi mumkinligini misollar orqali tushuntirdi.
Qolaversa, mutaxassislar Sherobodda parvarish qilinayotgan Quva anorlari 5-avgustda, yaʼni Surxondaryoda pishadigan anordan bir oy oldin tayyor boʻlishini aytishmoqda. Agar natija shunday boʻlsa, daromad ham shunga yarasha boʻladi.
Shundan soʻng, tumanda yetishtirilayotgan anorchilik tajribasini ommalashtirish maqsadida seminar ishtirokchilari anor yetishtirilayotgan xonadonlarda ham boʻlishdi. Shuningdek, hududdagi issiqxonada gidroponika usulida yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va shirindan-shakar qovunlarni chet elga eksport qilishdan oldingi kalibrovka jarayonlari bilan tanishishdi. U yerda kalibrovka jarayonida har bir mahsulotning sifati kafolatlanishi amaliy misollar orqali batafsil tushuntirib, koʻrsatib berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring