Shakar va oʻsimlik yogʻi narxining oʻsishi sabablari nimada?

17:43 30 Aprel 2021 Iqtisodiyot
932 0

Matbuot anjumanida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Bekzod Ummatov ushbu savolga javob berdi.

Maʼlum qilinishicha, shakar va oʻsimlik yogʻi narxining oʻsishi jahon bozori konyunkturasi, yaʼni oʻtlarda shakllanadigan narxlar bilan bogʻliq. Oʻzbekistonda oʻsimlik yogʻining asosiy qismi import qilinadi. Bu yil dunyo miqyosida 9,1% miqdorda moyli mahsulotlar hosili kam boʻldi. Bundan tashqari bizga asosiy eksportyor boʻlgan Rossiya davlatida ham hosil oʻtgan yilga nisbatan 13 foizdan oshiqroq kam boʻldi.

Mahsulotlar tannarxi oshgan boʻlsada, ushbu mahsulotlar tanqisligi kuzatilmayapti. Ichki bozorda mahsulot yetarli darajada mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?