Shahrisabzda afgʻon gilamlari toʻqilmoqda

12:31 16 Mart 2021 Iqtisodiyot
1029 0

Illyustrativ foto

Shahrisabz shahrida “AFGHAN BAZAR SILK CARPETS SHAKHRISABZ” MCHJ shaklidagi Afgʻoniston bilan hamkorlikda afgʻon gilamlari ishlab chiqarishga moʻljallangan qoʻshma korxona ishga tushdi.

Korxona ish boshqaruvchisi Nasim Ziyovuddinovning maʼlum qilishiga koʻra, gilam toʻqish uskunalari afgʻonistonlik hamkorlar tomonidan olib kelib oʻrnatilgan. Asosan gilam qoʻlda toʻqiladi. Shu bois ayni paytda 60 nafarga yaqin ishsiz shahrisabzlik xotin-qiz afgʻonistonlik mutaxassislardan anchayin murakkab boʻlgan qoʻlda gilam toʻqish sir-asrorlarini puxta oʻrganishmoqda.

Eng muhimi, Shahrisabzda toʻqilayotgan bu gilamlarni Yevropa davlatlariga eksport qilish moʻljallanmoqda. Bundan tashqari Shahrisabzga kelayotgan xorijlik sayyohlar ham qoʻshni mamlakat bilan hamkorlikda yaratilayotgan qadimiy usuldagi bu gilam namunalarini tomosha qilishi hamda xarid qilishi uchun imkoniyat yaratiladi.

Faxriddin Bozorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?