Senator va ombudsman mahkumlar bilan uchrashdi
Mahkum: — Eshitishimcha, 1 ta kitob oʻqigan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqartirilar ekan. Men bir oyda oʻnta kitob oʻqimoqchiman. Shunda jazo muddatim bir oyga qisqaradimi?
Senator: — Senatning oʻninchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi. Unga koʻra, Jinoyat kodeksi shaxs tuzalish yoʻliga oʻtgani munosabati bilan jazoni oʻtash muddatini qisqartirishni nazarda tutuvchi 74-1-modda bilan toʻldiriladi.
Bunda mahkum Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tasdiqlangan adabiyotlar roʻyxatidagi kitoblarni oʻqisa va ushbu kitoblarni oʻqigani fakti tasdiqlansa, jazoni oʻtash muddati har bir oʻqilgan kitob uchun uch kunga, biroq bir yilda koʻpi bilan 30 kungacha Komissiyaning xulosasiga asosan sud tomonidan qisqartirilishi mumkinligi nazarda tutilgan.

Qarshi shahridagi 2-sonli jazoni ijro etish koloniyasida senator Komila Karomova hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Lola Saodatova ishtirokida tashkil etilgan tadbir shu kabi savol-javoblarga boy boʻldi.
Tadbirda dastlab senator Komila Karomova soʻzga chiqib, ishtirokchilarga Senatning oʻninchi yalpi majlisida maʼqullangan qonunlar mazmun-mohiyati haqida keng maʼlumot berdi.
Shuningdek, tadbir davomida jazo muddatini oʻtayotgan shaxslarga yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, turkum yotoqxonalari, maishiy xonalar, oshxonalar ahvoli, kutubxonalar, davolash-profilaktika yordam koʻrsatish boʻlimlari, uzoq va qisqa muddatli uchrashuv xonalari, ishlab chiqarish hududlari va ish joylari oʻrganilib, mahkumlar bilan jamoaviy hamda yakka tartibda suhbatlar oʻtkazildi.
Jahongir BOYMURODOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring