Senator Mirabror Usmonov vafot etdi
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston futbol federatsiyasi (ayni vaqtda assotsiatsiya maqomida) sobiq rahbari, senator Mirabror Usmonov vafot etdi. Bu haqda ”Xalq soʻzi Online”ga Sogʻliqni saqlash vazirligidagi manba maʼlum qildi.
Mirabror Usmonov 12 mart kuni oʻpka va nafas yoʻllari bilan bogʻliq kasallik sabab Milliy olimpiya qoʻmitasi klinikasining (“Ezgu niyat”) reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgandi.
Marhumning janozasi bugun soat 12:00da Yunusobod tumanidagi “Minor” masjidida oʻqiladi.
Maʼlumot uchun, Mirabror Usmonov 2006 yildan 2017 yilgacha Oʻzbekiston futbol federatsiyasi prezidenti lavozimida ishlagan. 2013 yildan 2017 yilgacha Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbari sifatida ham faoliyat yuritgan. 2005 yildan bugungi kunga qadar u Oliy Majlis senatori sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
”Xalq soʻzi” gazetasi marhumning oila-aʼzolariga, yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring