Saratonning eng xavfli turini erta aniqlash usuli topildi
Illustrativ foto
Oshqozon osti bezi saratoni — oʻsma kasalliklari orasida eng xavflisi. Chunki u sezilarli alomatlarsiz paydo boʻladi. Shu bois bu xastalikka odatda ancha keng bosqichda tashxis qoʻyilishi achinarli.
Toʻgʻri, vazn kamayishi va qon tarkibida qand miqdori oshishi bu dardga xos belgilardir. Ammo organizmdagi ushbu oʻzgarishlar qachon va qanday sodir boʻlishi nomaʼlum. Agar shifokorlar bu borada aniq maʼlumotga ega boʻlsa, kasallikni erta tashxislash imkoniyati oshishi, shubhasiz.
Mazkur ehtiyoj Buyuk Britaniya olimlari izlanishlari uchun sabab boʻldi. Ular yuqoridagi alomatlar bemorlarda qachon rivojlanishini oʻrgandi.
Buning uchun oshqozon osti bezi saratoniga chalingan 9 ming nafarga yaqin kishining tibbiy maʼlumotlari (turli davrlardagi tana vazni indeksi, qondagi qand miqdori) 35 ming nafar sogʻlom insonlar koʻrsatkichlari bilan solishtirildi.
Yakunda ushbu xavfli dardga yoʻliqqan odamlarda keskin vazn yoʻqotish holati kasallik tashxisi qoʻyilishidan ikki yil avval boshlangani maʼlum boʻldi. Yaʼni ularda tana vazn indeksi sogʻlom kishilarga nisbatan deyarli uch birlik pastligi qayd etildi.
Shuningdek, oshqozon osti bezi saratoniga chalinganlar qonida qand miqdori ortishi xastalik aniqlanishidan uch yil oldin boshlangani kuzatildi.
Olimlarning yakuniy xulosasiga koʻra, qandli diabetdan aziyat chekayotgan bemorlarda ushbu oʻsma kasalligi rivojlanish xavfi yuqori.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring