Saratonga qarshi dorilar yaratishning samarali yoʻli topildi

Rossiya va Misr olimlari oʻzaro hamkorlikda saraton kasalligiga qarshi dori vositalarini yaratish jarayonini osonlashtirish va tezlashtirish yoʻlini topdi.
Buning uchun ikki yondashuv — molekulyar modellashtirish hamda hujayralarni oʻstirish usullari umumlashtirildi. Chunki hozirgacha maʼlum usulda onkologik xastaliklarga qarshi samarali preparat yaratish uchun polimer nanozarrachalarini olishga qaratilgan optimal birikma va texnologiyani tanlash kerak.
Negaki, ushbu oʻta mitti zarralar dorilarning saraton oʻsimtasiga tezroq va yaxshiroq etib borishiga yordam beradi. Ammo bu usul uzoq vaqt talab etishidan tashqari, juda qimmatga tushadi.
Shu maʼnoda, ikki yondashuv kombinatsiyasi dori vositalari xususiyatlari va taʼsirini eksperementdan avval taxmin qilish imkonini beradi. Shu tariqa optimal tarkib shakllantirilib, samarasiz deb baholangan birikmalar undan chiqarib tashlanadi. Bu esa kasallikni tezroq va arzonroq davolash imkonini beruvchi dorilarni yaratishga xizmat qiladi.
Tadqiqot chogʻida yangi usul saratonga qarshi preparat — karboplatin va uning muqobillarida sinab koʻrildi. Olimlar bu dorining yangi hosilalarini tahlil qilib, ularning biologik faolligini baholadi.
Yakunda polimer nanozarralari tarkibidagi yangi hosilalar saraton kasalligini davolashda yuqori natija berishi maʼlum boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Taraqqiyotning yangi bosqichida
- Siandagi musulmonlar mahallasi (Fotoreportaj)
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring