Samarqanddagi yemakxonada portlash sodir boʻldi
Samarqand viloyatidagi “Lazzat” oshxonasida gaz portlashi sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, voqea joriy yilning 19-dekabr kuni soat 14:20 da Oqdaryo tumanidagi Navroʻz mahallasida sodir boʻlgan. Portlash oqibatida yongʻin kelib chiqib, oshxonaning taxminan 40 kvadrat metr maydoni yonib ketgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, oʻn nafar fuqaro tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Voqea joyiga yongʻin-qutqaruv guruhi soat 14:23 da yetib borib, soat 14:29 da yongʻinni lokalizatsiya qildi, soat 14:54 da yongʻin toʻliq oʻchirildi.
Voqea joyiga viloyat va tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari rahbarlari, ichki ishlar, prokuratura, tibbiyot va gaz xizmati xodimlari olib kelingan. Voqea yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring