Samarqandda talabalarning ommaviy janjali nimadan chiqqandi?
Foto: zarnews.uz
Joriy yilning 4-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqand shahar Alisher Navoiy bogʻida bir guruh talabalar oʻzaro janjallashmoqda” nomli videorolik tarqaldi. Mazkur holat Samarqand viloyati IIB tomonidan oʻrganildi.
Viloyat IIB axborot xizmatiga koʻra, voqea yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida janjallashgan shaxslar Samarqand Davlat universiteti tarix fakultetining 1-bosqich, 101- va 105-guruh talabalari ekanligi aniqlangan.
Mazkur janjalning asosiy sababi, SamDU 101-guruh talabasi 1997-yilda tugʻilgan, Jomboy tumanida yashovchi T.I. va 105-guruh talabasi 2001-yilda tugʻilgan, Samarqand shahar “Shodlik” MFYda yashovchi T.A. dars jarayonida oʻtirish uchun oʻzaro stul talashib, janjal boshlangan.
4-mart kuni soat 12:20 larda, dars tugagandan soʻng, ular Samarqand shahri markazidagi, universitet binolaridan koʻp uzoqda boʻlmagan Alisher Navoiy nomidagi istirohat bogʻiga borishadi. 101-guruh talabalari — 1996-yilda tugʻilgan, Jomboy tumanida yashovchi O.Z., 1997-yilda tugʻilgan, Past Dargʻom tumani Juma shahrida yashovchi R.O. hamda 105-guruh talabalari — 2000-yilda tugʻilgan, Samarqand shahri Oydin yoʻl koʻchasida yashovchi A.S., 1999-yilda tugʻilgan, Samarqand shahri “Moʻlyon-2” MFYda yashovchi T.Sh. oʻzaro janjallashib, mushtlashishi natijasida bir-biriga tan jarohati yetkazishgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi axborot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring