Samarqandda karantinga olinganlar orasida hokim ham bor
Аrxiv foto
Payariq tuman hokimi Turkiyaga safari sababli karantinga olingan. Bu haqda tuman matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Payariq tuman hokimi karantin eʼlon qilinmasidan avval Turkiyaga xizmat safari bilan borib kelgan. Fuqarolar esa tuman hokimi hozir qayerda, Turkiyadan keldimi, kabi murojaatlar bilan chiqishmoqda.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 176-son qaroriga asosan, chet davlatlardan qaytgan fuqarolar 14 kun davomida uyda yoki maxsus belgilangan joyda izolyatsiya sharoitida boʻlish belgilab qoʻyilgan.
Shu munosabat bilan, bugungi kunda tuman hokimi D.Musinov karantinda boʻlib, sogʻligʻida hech qanday salbiy oʻzgarishlar yoʻq va karantin davri tugagandan soʻng yaqin kunlarda ish faoliyatini boshlashini maʼlum qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring