Saylovga tayyorgarlik qizgʻin pallada
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlarga tayyorgarlik, uni oʻtkazish masalalari boʻyicha Andijon viloyati hududiy saylov komissiyasida OAVlari xodimlari ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi. Unda viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Baxtiyorjon Rasulov saylovga tayyorgarlik jarayoni haqida maʼlum qildi.
Brifingda qayd etilishicha, Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 10-avgustdagi tegishli qaroriga muvofiq, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha 7 ta bir mandatli saylov okruglari tashkil etildi. 5 ta siyosiy partiyadan koʻrsatilgan 35 nafar deputatlikka nomzod roʻyxatga olindi. Ularning “E-saylov” axborot tizimi orqali kiritgan arizalariga muvofiq, ishonchli vakillari ham roʻyxatga olinib, tegishli guvohnomalar taqdim etildi. Kalendar rejaning 7-bandiga koʻra, 495 nafar aʼzodan iborat 55 ta okrug saylov komissiyasi tuzilib, ularning tarkibi va joylashgan yeri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilindi.
— Saylov kodeksining 10-moddasiga asosan, saylovga kamida 60 kun qolgunicha boʻlgan muddatda, yaʼni 2024-yilning 22-avgustidan tumanlar va shaharlar hokimliklari taqdimnomasiga binoan Andijon viloyati hududi boʻyicha jami 938 ta saylov uchastkalari tuzildi, — deydi B. Rasulov. — Ularning tartib raqami belgilanib, chegaralari va manzili koʻrsatilgan maʼlumotlar tegishli tartibda eʼlon qilindi. Kalendar rejaning 7-bandiga muvofiq, saylovga kamida 40 kun qolganida, yaʼni joriy yil 16-sentyabr kuni 938 ta saylov uchastkasida faoliyat koʻrsatish uchun 10 ming 293 nafar aʼzodan iborat uchastka saylov komissiyalari tuzilib, ularning tarkibi, telefon raqamlari, joylashgan yeri, ovoz berish binosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hududiy saylov komissiyasining veb sahifasida eʼlon qilindi. Saylovga kamida 35 kun qolganida, yaʼni joriy yil 19-sentyabrda xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputatligiga 275 nafar nomzod roʻyxatga olindi.
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, viloyat hududiy saylov komissiyasi tomonidan saylovni ochiq-oshkora, shaffof tarzda oʻtkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring