Sabrga suyangan kam boʻlmaydi
Illyustrativ foto
Hunarmandman.Miniatyura sanʼati – jonu dilim.Shu sanʼat ortidan dunyo kezdim.Betakror tabiatimiz, sharqona urf – odatlarimiz, qadriyatlarimiz aks etgan miniatyura asarlarini yevropaliklar hayrat bilan tomosha qilishgani, ularni bajonidil sotib olishgani guvohiman. “Shunday sermashaqqat ishni nimaning evaziga eplash mumkin?”, deya soʻrashganida “Bilim, ishtiyoq va albatta sabr – toqat evaziga”, deb javob qaytarganman.
”Sabr – toqat” soʻzini bejiz tilga olmadim.Biz tabiatan sabr – toqatli, bardoshli, ertangi kunga umid bilan qaraydigan xalqmiz.Buning uchun Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi ogʻir yillarni eslashning oʻzi, kifoya.
Koronavirus infeksiyasi butun dunyoni tahlikaga qoʻygan shu damlarda uyda oʻtirishimiz, vahimaga tushmaslik, ertangi kunga umid bilan qarashimiz kerak.Bu baloni yengishda shifokorlar maslahatiga qatʼiy amal qilish bilan bir qatorda nazarimda, sabr – toqatli boʻlmoq muhim ahamiyat kasb etmoqda.Axir, ota – bobolarimiz “Sabr qilsang gʻoʻradin halvo bitar”, deb bejiz aytishmagan.Sabrli boʻlsak, bu baloni yengib oʻtishimiz muqarrar.
Yana bir gap.Karantin davrida uy mehnati turlarini rivojlantirish ayni muddao.Hukumatimiz ham xuddi shunga alohida eʼtibor qaratyapti.Qulayliklar yaratib bermoqda.Biz shuni nazarda tutgan holda ijodiy ishni kanda qilganimiz yoʻq.Karantin qoidalariga amal qilib, zarur masofani saqlagan holda sanʼat asarlari yaratishda davom etayapmiz. Xorijdan onlayn tarzda buyurtmalar olib, ular ustida ishlayapmiz.
Aytmoqchi, viloyat hokimligi koʻmagi bilan menga bir gektardan ziyodroq yer ajratilgan edi.Shu yerda butun boshli markaz barpo etdik.Tutzor yaratib, qadimiy usulda ipak qogʻoz tayyorlashni ham yoʻlga qoʻydik.Hozir 15 kishi shu ish bilan band.Tayyorlangan ipak qogʻozga shogirdlarim bilan miniatyura asarlari yaratayapmiz.
Har bir narsaning intihosi bor. Baloi ofatning ham.Dono xalqimiz “Oyning oʻn beshi yorugʻ”, deb topib aytgan.Qolaversa, hayot bir joyda toʻxtab qolgan emas.Shunday ekan, men barcha yurtdoshlarimni, xususan, xalq amaliy sanʼati vakillarini vaqtdan unumli foydalanishga, uyda ham foydali mehnat bilan shugʻullanishga daʼvat etaman.
Davron TOSHEV, Buxoro shahridagi “Usta Davron miniatyura markazi” rahbari, “Shuhrat” medali sohibi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring