Respublika ishchi guruhi — Xorazmda

16:49 28 Avgust 2023 Jamiyat
380 0

Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi Xorazm viloyatida oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

Prezident Xalq qabulxonalariga aholidan kelib tushayotgan murojaatlar, uyma-uy yurib oʻrganishlar asosida joylarda ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida qator amaliy ishlar bajarildi.

Jumladan, ichki yoʻllarning 10,9 km yoʻl taʼmirlandi. Shundan, 1,2 km yoʻl shagʻallashtirildi, 9,6 km yoʻlga asfalt yotqizildi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 105 ta temir beton tayanchlar, 4 ta transformator oʻrnatildi, 1 ta transformator katta quvvatlisiga almashtirildi, 6,7 km tarmoq tortildi. Aholiga qoʻshimcha 305,4 tonna suyultirilgan yetkazib berildi. Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida 23,9 km suv tarmoqlarini yotqizish, 2 ta suv inshooti rekonstruksiya qilish, 4 ta suv yigʻish rezervuari va 2 ta transformator oʻrnatildi.

Viloyatdagi 25 ta koʻp qavatli uylarda taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Jumladan, 17 ta uyning fasad qismlari, 4 ta uyning kirish yoʻlaklari joriy taʼmirlandi, 2 ta uyning yertoʻla qismi tozalanib, dezinfeksiya ishlari amalga oshiridi, 28 ta bolalar maydonchasi, 10 ta uyning tutash hududlari obodonlashtirildi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan 2 691 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga jami 129,2 mlrd. soʻm kredit ajratildi. Jumladan, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 725 nafar fuqaroga 16,8 mlrd. soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi.

Jami 370 nafar fuqaroning bandligiga koʻmaklashildi. Shundan,
145 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 45 nafar fuqarolar haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.

Tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish maqsadida faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 59 nafar fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan 42,0 mln. soʻmlik asbob-uskuna va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi.

Sogʻliqni saqlash, taʼlim, xotin-qizlar, yoshlar masalalari ham Respublika ishchi guruhi eʼtibori markazida boʻldi.

Jumladan, Yangiariq tumani “Shirsholi”, Urganch shahar “Navbahor”, Bogʻot tumani “Sahovat”, Xonqa tumani “Durvadik”, Urganch tumani “Bobodehqon” mahallalarida oʻtkazilgan tibbiy koʻriklar doirasida 3 345 nafar fuqarolar qamrab olindi. 1 578 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlangan boʻlib, 134 nafariga shifoxonalarga davolanish uchun yoʻllanmalar berildi. Ehtiyojmand bemorlarning 313 nafariga bepul dori-darmon tarqatildi. 3 nafar fuqaroda yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi.

Yangiariq tumani “Shirsholi”, Bogʻot tumani “Boʻka”, “Sahovat”, Xonqa tumani “Durvadik”, “Mustaqillik”, “Paxtakor”, “Turkiston”, Gurlan tumani “Olchin”, “Dehqon”, “Saxtiyon”, Qoʻshkoʻpir tumani “Chamanzor”, “Taraqqiyot” va “Oʻzbekiston” mahallalarida yashovchi 75 nafar uyida taʼlim oluvchi nogiron oʻquvchilarning holidan xabar olindi, ularga oʻquv qurollari, sovgʻalar topshirildi.

“Yoshlar daftari” roʻyxatidagi 97 nafar fuqarolarga 274,5 mln. soʻmlik yordam koʻrsatildi. Shundan, 35 nafar fuqaroga 137,6 mln. soʻmlik kontrakt toʻlovi, 38 nafar fuqaroga 40,9 mln. soʻmlik moddiy yordam.

Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tomonidan 38 nafar kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi, moddiy yordam tayinlanib, amaliy yordam koʻrsatildi.

Ishlar davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?