Ramazon mevasi — xurmo
Qonda qand miqdorining kamayishi hisobiga ochlik hissi paydo boʻladi, xurmo yegandan soʻng bu his yoʻqoladi. Shuning uchun ham roʻzadorlar xurmoni iftorlikda taomlardan oldin yesa, organizmda ochlik hissi bartaraf etiladi, ishtaha orom oladi va natijada birdan koʻp ovqat yeb qoʻyishning oldi olinadi.
Boshqa mevalardan farqli oʻlaroq, xurmoda 23 xil aminokislota mavjud. Masalan, triptofan aminokislotasi miyaning funksional va ruhiy holatini meʼyorda ushlab turadi. Tinchlantiruvchi va biroz uyqu chaqiruvchi xususiyatga ega. Natijada miya hujayralari faoliyati tezlashadi, parishonxotirlikning oldi olinadi. Glyutamin aminokislotasi oshqozon kislotasini (shirasini) kamaytiradi.
Xurmo tarkibidagi glyukoza va fruktoza (26-55%) vitamin V5 bilan organizmda faol soʻrilib, ochlik hissini yoʻqotadi, jismoniy quvvatni oshiradi. Miya va asab tizimi faoliyatini toʻliq tiklaydi.
Xurmo tarkibida xolesterin saqlanmaydi.Energetik quvvati yangi pishgan mevada 142-274 kaloriyaga teng. Shuning uchun ham uni boshqa shirinliklar oʻrniga qoʻrqmay isteʼmol qilish mumkin, semizlikka olib kelmaydi.
Olimlarning fikricha, inson bir kunda 10 dona xurmo tanovvul qilsa, magniy, mis, oltingugurt, temir, kalsiy kabi moddalarning sutkalik oʻrni qoplanadi. Eʼtibor bering, faqat xurmo va suv bilan inson bemalol bir necha yil yashashi mumkin.
Xurmoning organizmga taʼsirini oʻrganilganda uning quyidagi foydali xususiyatlari aniqlangan:
Xurmoda xavfli parazitlar, bakteriyalar, mikroblar saqlanmaydi. Uning tarkibidagi moddalar odam organizmidagi kasallik chaqiruvchi zararli bakteriyalarni oʻldiradi;
Xurmo ayollarda bachadon qisqarishini yaxshilaydi va shu tufayli tugʻruqlar yengil kechadi;
Ishtahani meʼyoriga keltiradi;
Mushaklar funksiyasini yaxshilaydi va tiklaydi;
Och qoringa isteʼmol qilinsa, organizmdagi parazitlar oʻladi;
Alloh taolo biz uchun inʼom qilib bergan ana shunday neʼmatlardan oʻz oʻrnida foydalanishni unutmaylik!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring