Ramazon bayrami munosabati bilan necha kun dam olish beriladi?
Foto: Illustrativ foto
Kecha videoselektorda kelgusi haftada Ramazon Hayiti munosabati bilan ham aholimizga yana 5 kunlik dam olish berilishi maʼlum qilindi. Aslida oʻtgan yili dekabr oyidagi Prezident farmonida bu nazarda tutilgan edi, kecha Davlat rahbari tomonidan qayta eslatib oʻtildi.
Ketma-ket 5 kunlik dam olish hammaga emas, faqat haftasiga 5 kun ishlovchilarga 5 kun dam olish boʻladi. Haftasiga 6 kun ishlovchilarga esa 4 kun dam olish beriladi;
Prezident farmonida 4-may (chorshanba) va 5-may (payshanba) kunlari dam olish kunlari deb eʼlon qilingan. Lekin bu yerda Ramazon Hayiti 3-mayga toʻgʻri kelishi hisobga olingan.
Hayit bayrami 2-mayga toʻgʻri kelgan taqdirda dam olish kunlari quyidagicha boʻladi:
haftasiga 5 kun ishlaydiganlar uchun:
30-aprel (shanba);
1-may (yakshanba);
2-may (dushanba) — Ramazon hayiti;
3-may (seshanba) — koʻchirilgan dam olish kuni;
4-may (chorshanba) — koʻchirilgan dam olish kuni.
Izoh: 5 kun ishlovchilar koʻchirilgan dam olish kunlari evaziga 7-may va 14-may shanba kunlari ham ishga chiqishi kerak boʻladi.
haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun:
1-may (yakshanba);
2-may (dushanba) – Ramazon hayiti;
3-may (seshanba) – qoʻshimcha dam olish kuni;
4-may (chorshanba) – qoʻshimcha dam olish kuni.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring