“Qumqoʻrgʻon — Quduqli” temir yoʻli elektrlashtirilmoqda

22:36 27 Mart 2026 Jamiyat
258 0

Prezidentimizning joriy yil 26–27-fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida viloyat faollari bilan oʻtkazilgan yigʻilishda belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida, 103 kilometrli “Qumqoʻrgʻon — Quduqli” temir yoʻl uchastkasi elektrlashtirish boʻyicha amaliy ishlar boshlandi.

Tuman hokimi Farrux Xoliqov hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ kapital qurilish direksiyasi boshliq oʻrinbosari Anvar Allamuratov va tegishli soha mutaxassislari birgalikda loyiha doirasida tuman hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bilan tanishdilar.

Mazkur loyiha hududda yuk va yoʻlovchi tashish samaradorligini oshirish, transport infratuzilmasini yaxshilash hamda tezyurar qatnovlarni taʼminlashga qaratilgan boʻlib, temir yoʻl tizimining modernizatsiyasi va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish uchun muhim ahamiyatga ega.

Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?