QQSning salbiy summasini qoplash uchun soliq organlariga ariza bilan murojaat qilish talabi bekor qilinadi
“Qoʻshilgan qiymat soligʻi maʼmuriyatchiligini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2021-yil 1-oktyabrdan eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) QQS summasi soliq toʻlovchining Oʻzbekistondagi bank hisobvaragʻiga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qatʼi nazar hicobga olinadi.
Ushbu imkoniyat intizomli soliq toʻlovchilarga (oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini oʻz vaqtida taʼminlab kelayotgan va eksport shartnomalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi boʻlmagan) tatbiq etiladi.
Tovarlar “eksport” bojxona rejimi ostida chiqarilgan kundan eʼtiboran 180 kun ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi eksport qiluvchining Oʻzbekiston tijorat banklaridagi hisobvaragʻiga kelib tushmagan taqdirda, QQSning hisobga olingan summasi yoki uning tegishli qismi belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
2022-yil 1-yanvardan:
QQSning salbiy summasini qoplash (qaytarish) uchun soliq organlariga ariza bilan alohida murojaat qilish haqidagi majburiy talab bekor qilinadi;
soliq toʻlovchiga tegishli soliq davri uchun soliq hisobotini topshirishda, soliq organlarini xabardor etgan holda QQS salbiy summasini qoplash (qaytarish) talabini bildirish huquqi beriladi.
2021-yil yakuniga qadar tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan QQS summalarini oʻzaro hisobga olish tartibi ishlab chiqiladi hamda mazkur tartib tajriba tariqasida 2022-yil 31-dekabrgacha amaliyotga joriy qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring