Qonunchilik hujjatlarini bajarmaslikka yoki buzishga omma oldida daʼvat qilganlik uchun javobgarlik belgilandi

10:41 31 Mart 2021 Hujjatlar
919 0

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha kiritildi.

Unga koʻra, Oʻzbekistonning qonunchilik hujjatlari talablarini jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzishga, shu jumladan OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari, Internetdan, shuningdek matnni koʻpaytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda omma oldida daʼvat qilish BHMning 60 baravaridan 80 baravarigacha (14 mln 700 ming soʻmdan 19 mln 600 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

▫️ Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?