«Бу ҳаётда сен ҳам бир кирпиш, қолипдан кўчда, ўз ўрнингни топ.»
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. “Bu hayotda sen ham bir kirpish, qolipdan koʻchda, oʻz oʻrningni top.” (qozoqchadan mazmuniy tarjimasi, “kirpish” aslida turkcha soʻz, gʻishtni anglatadi — tahririyat). Ushbu daʼvat Abay tafakkuriga tegishli.
XIX asrning ikkinchi yarmida yashab, ijod etgan qozoq sheʼriyati va qozoq yozma adabiyotining asoschisi Abay – Ibrohim Qoʻnonboyev turkiy adabiyotning muazzam inshootida oʻz oʻrnini topgan maʼrifatparvar shoirlardan biri sifatida tan olingan.
— Abay oʻz faoliyati va adabiy merosi bilan nafaqat qozoq xalqining, balki butun turkiy dunyo maʼnaviyatining mulkiga aylangan shaxs, — deydi Navoiy viloyat qozoq madaniyat markazi rahbari Serijan Janaxmetov. — Shoirning asarlari na vaqt va na makon tanlamaydi. Shu sabab uning ijodiy merosi, insoniylikka chorlovchi hayot yoʻli, oʻgitlari bugungi kun bilan hamohangligi uchun ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.

Oʻzbek-qozoq maʼnaviy aloqalarining yangi bosqichida mamlakatimizda Abay tavalludining 180-yilligiga bagʻishlab turli madaniy-adabiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Shunday maʼrifiy tadbirlardan biri Navoiy viloyati Uchquduq tumanining olis Mingbuloq ovulidagi 11-sonli maktabda tashkil etildi. Anjumanda oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida shoir ijodini keng targʻib qilish, uning maʼnaviy-axloqiy hayot yoʻlini teranroq anglash imkoniyatini berishga xizmat qiladigan sahnaviy koʻrinishlarni namoyish etildi. Qizilqumlik sanʼatkor Serijan Janaxmetov Abayning qoʻshiqlarini opera yoʻnalishida taqdim etdi. Tarixi, taqdiri, orzu-tilaklari bir xalqlarimizning qaysi ijodkorini olmang, oʻzaro doʻstligimizni tarannum etganligi alohida taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring