Qilichbozlarimiz uchun shiddatli mavsum boshlanmoqda
Yangi yilning ilk kunlaridan qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ham mashgʻulotlarga kirishdi. 2-yanvar kunidan sablya boʻyicha erkaklar va ayollar terma jamoasi “Yangiobod” Respublika oʻquv-mashgʻulot bazasida shugʻullanmoqda. 12-yanvarga qadar davom etadigan yigʻin 13-15-yanvar kunlari Tunisda oʻtadigan Gran-pri tayyorgarligiga qaratilgan. Yigitlarimiz esa 20-22-yanvar kunlariga belgilangan Perudagi yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogiga hozirlanishmoqda.
Shuningdek, bugun rapira va shpaga boʻyicha yoshlar jamoalarimiz Yevropa safariga joʻnab ketishdi. Har ikki qurolda jang qiladigan sportchilarimiz Italiyaning Udine shahridagi Jahon kubogida yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Shundan soʻng rapirachilarimiz navbatdagi musobaqada ishtirok etish uchun boʻlajak Olimpiadaga mezbonlik qiladigan Parij shahriga yoʻl olishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring