Qiymati baland, qadri oʻzgacha
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri foyesi. Uzun zalning ikki tomoni boʻylab maxsus rastalarga terib qoʻyilgan zargarlik, kashtachilik, kulollik, haykaltaroshlik mahsulotlari, turli aksessuarlar, oʻyinchoqlar va boshqa sanʼat asarlarini koʻrib, koʻzingiz quvnaydi.
Ularning hech qanday texnologiyalarsiz, toʻliq qoʻl mehnati bilan, boz ustiga imkoniyati cheklangan insonlar tomonidan kunlarni tunlarga ulab tayyorlanganini bilsangiz, bu sanʼat asarlarining qiymati ne chogʻlik baland ekanini anglaysiz.

Shu bois ham Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan 3-dekabr —Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Nogironligi boʻlgan fuqarolar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar koʻrgazma-savdo”ga olib kelingan barcha buyumlar bir zumda talash-talash boʻlib ketdi.
Tadbirda viloyatdagi turli davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, oʻzlari istagan mahsulotlarni xarid qilishdi.

— Koʻrish imkoniyatim cheklangan boʻlsa-da, bu turli bijuteriya mahsulotlari yasashimga toʻsqinlik qila olmaydi, — deydi Qarshi shahrida yashovchi Eʼzoza Nurmatova. — Hozirgi kunda ixtisoslashtirilgan maktabda taʼlim olayapman. Shu bilan birga bijuteriya mahsulotlari yasashni ham oʻrganganman. Bugungi koʻrgazma-savdoga ham oʻzim yasagan eng sara buyumlarni olib kelgandim. Ularning barchasini ishtirokchilar sotib olishdi. Yasagan buyumlarim boshqalarga manzur boʻlganidan juda mamnunman.
Viloyatda sana munosabati bilan mehr-saxovat tadbirlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring